Italiya terma jamoasi tarkibi eʼlon qilindi

Italiya terma jamoasi tarkibi eʼlon qilindi
Juma kuni Italiya terma jamoasining bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo yaqinlashib kelayotgan yigʻin uchun chaqirilgan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi. "Skuadra adzurra" safida quyidagi futbolchilar ishtirok etadi: Darvozabonlar: Karpile, Karnesekki, Donnarumma, Vikario.

Himoyachilar: Bastoni, Bellanova, Buonjorno, Kalafyori, Kambyaso, Di Lorentso, Dimarko, Gabbia, Manchini. Yarim himoyachilar: Barella, Kristante, Frattesi, Lokatelli, Richchi, Tonali.

Hujumchilar: Esposito, Kin, Orsolini, Politano, Raspadori, Retegi, Skamakka, Dzakkanyi. Taʼkidlash joiz, joriy oyda Italiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida 13-noyabr kuni Moldova va 16-noyabr kuni Norvegiya jamoalariga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.