Laporta Messi sharafiga reja tuzdi

Laporta Messi sharafiga reja tuzdi
Barselona prezidenti Joan Laporta Lionel Messi bilan bogʻliq rejalarini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, yangilangan "Kamp Nou" stadionining ochilish uchrashuvi Messiga bagʻishlangan oʻyin boʻlishi kerak.

"Bu ajoyib voqea boʻlardi — toʻliq stadionda Messi sharafiga oʻyin oʻtkazish orqali "Kamp Nou"ni ochish. Men buni amalga oshirishdan mamnun boʻlardim", — dedi Laporta.

Ushbu fikrlarni jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qildi. Maʼlumki, Lionel Messi "Barselona"ni 2020/2021-yilgi mavsum yakunida tark etgan edi.

Oʻsha paytda klub moliyaviy muammolar tufayli argentinalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qila olmagan. Hozirda Messi AQShning "Inter Mayami" klubida faoliyatini davom ettirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.