Bavariya Liverpul futbolchisi bilan muzokara boshladi

Bavariya Liverpul futbolchisi bilan muzokara boshladi

Bavariya Liverpul futbolchisi bilan muzokara boshladi
Liverpul markaziy himoyachisi Ibraima Konate Germaniya Bundesligasiga qaytishi mumkin. BILD nashrining xabariga ko\'ra, Myunxenning Bavariya klubi Konatening agentlari bilan muzokaralarni boshlagan va futbolchini Germaniyaga olib kelish niyatida.

Frantsiyalik futbolchi ilgari RB Leyptsig safida harakat qilgan edi. Bundan tashqari, Bavariya Kristal Pelas himoyachisi Mark Gexiga ham qiziqish bildirmoqda.

Gexi va Konatening ikkalasi ham kelasi yozda erkin agentga aylanishi kutilmoqda. Ayni paytda ushbu ikki himoyachini ko\'plab yirik klublar diqqat markaziga olgan, chunki katta jamoalarda markaziy himoya chizig\'ida muammolar mavjud.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.