La Liga yulduzi Chelsida oʻynashni orzu qiladi

La Liga yulduzi Chelsida oʻynashni orzu qiladi

La Liga yulduzi Chelsida oʻynashni orzu qiladi
Levante klubi hujumchisi Etta Eyon o‘zining futbolga bo‘lgan qiziqishlari haqida so‘zlab berdi. 22 yoshli kamerunlik futbolchi joriy mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va u allaqachon Ispaniya hamda xorijiy top-klublar bilan bog‘lanmoqda.

\"Bolaligimda Drogba tufayli Chelsi o‘yinlarini kuzatardim, keyinroq bu jamoada Eto-O ham oʻynadi. Ushbu klubda har doim ajoyib afrikalik futbolchilar bor edi.

Nega bir kun kelib men ham Chelsiga oʻtmasligim kerak? Men u yerda oʻynashni orzu qilaman, garchi Angliyada boshqa kuchli jamoalar ham koʻp\", – dedi Eyon jurnalist Ben Jeykobsga bergan intervyusida.

Levante hujumchisi joriy La Liga mavsumida 12 o‘yinda 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Eyonga Chelsi, Arsenal, Manchester Yunayted, Barselona va boshqa yirik klublarning qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.