Mayk Menyan "Chelsi"ga o'tishi mumkin

Mayk Menyan "Chelsi"ga o'tishi mumkin
"Milan" darvozaboni Mayk Menyan kelasi mavsumda qaysi klubda o'ynashni istayotganini aniqladi. Gazzetta dello Sportga ko'ra, 30 yoshli fransuz futbolchi "Milan" bilan shartnomasi tugagach, Londonning "Chelsi" klubiga o'tishga qaror qilgan.

Shu bilan birga, Menyan "Bavariya" va "Yuventus"dan kelishi mumkin bo'lgan takliflarga ham ochiq ekanligini bildirgan. Mayk Menyan "PSJ" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U 2021 yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol o'tkazib yuborgan va 6 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Menyaning "Milan" bilan tuzgan mehnat shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.