APLning ikki grandi Yuventus hujumchisini xohlamoqda

APLning ikki grandi Yuventus hujumchisini xohlamoqda
Kanadalik hujumchi Jonatan Devid qishki transfer oynasida Angliya Premyer-ligasiga koʻchib oʻtishi mumkin. TuttoMercatoWeb xabariga koʻra, "Chelsi" va "Tottenhem" 25 yoshli "Yuventus" va Kanada terma jamoasi futbolchisini yanvar oyida oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.

Devid avvalgi faoliyatida "Lill" klubida oʻynagan, biroq "Yuventus" safida kutilgan natijalarni koʻrsata olmagani sababli klub uni ijaraga berish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Turin klubi safida Devid shu mavsumda A Seriyaning 10 uchrashuvida maydonga tushib, bir gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.