Barselona Reshfordni sotib olishni o'ylab turibdi

Barselona Reshfordni sotib olishni o'ylab turibdi
Barselona hali-hanuz Manchester Yunayted hujumchisi Markus Reshfordni sotib olish shartnomasini faollashtirish masalasida qaror qabul qilgani yo'q. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklarning qaror qabul qila olmaslik sabablaridan biri futbolchining yuqori maoshi bo'lib, ayni paytda "ko'k-anorranglilar" moliyaviy talablar past bo'lgan yosh qanot hujumchilariga e'tibor qaratmoqdalar. Esingizga solamiz, Barselona Markus Reshfordni yozgi transfer oynasida ijaraga olgan edi.

U kataloniya klubi safida 15 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.