Temur Kapadzening terma jamoani tark etish sababi ma'lum

Temur Kapadzening terma jamoani tark etish sababi ma'lum
Oldinroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze terma jamoani rasman tark etgani haqida xabar bergan edik. Oktabr oyida yangi bosh murabbiy tayinlanganidan keyin Kapadze terma jamoada qolib, yangi mutaxassisga moslashuv jarayonida yordam bergan edi.

Manbalarga ko‘ra, Kapadze boshidan buyon terma jamoani tark etishni istagan. U bosh murabbiy yordamchisi bo‘lishga rozi emas va o‘z murabbiylik faoliyatini mustaqil rivojlantirishni xohlamoqda.

Shuningdek, Temur Kapadzening bir nechta ish takliflari borligi ma’lum. Kutishlaricha, u yaqin vaqt ichida ushbu takliflardan birini qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.