Grizmann 28 soniyada gol urdi


Ispaniya chempionatining 12-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Madridning \"Atletiko\" klubi o\'z maydonida \"Levante\"ni qabul qildi va dastlab autsayderga qarshi o\'yinda qiynaldi.
Biroq, ikkinchi bo\'limda Diego Simeone Antuan Grizmannga maydonga tushish imkoniyatini berdi. Grizmann ikki gol urdi, ulardan birinchisini maydonga tushganidan atigi 28 soniya o\'tgach amalga oshirdi.
Bu gol La Liga uchun rekord bo\'ldi. 2025-yil fevralida \"Xetafe\" futbolchisi Borxa Mayoral \"Jirona\"ga qarshi o\'yinda zaxiradan tushganidan keyin 26 soniyada gol urgan edi.
Qiziqarli tomoni shundaki, \"Atletiko\" o\'zining keyingi uchrashuvini aynan \"Xetafe\"ga qarshi o\'tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













