Emeganing dublidan soʻng Strasburg Lillni magʻlub etdi


Ligue 1ning 12-turida Strasburg oʻz maydonida Lill jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda koʻp hujumlar yoki ochiq oʻyin boʻlmagani bois, mezbonlar oʻz imkoniyatlaridan samarali foydalanishdi.
Uchrashuvning 34-daqiqasida \"itlar\" himoyasidagi xatodan soʻng Emanuel Emega toʻpni darvozaga aniq yoʻnaltirib, hisobni ochdi — 1:0. Ikkinchi boʻlim oʻrtalarida Emega yana bir bor oʻzini koʻrsatdi va dubl qayd etdi — 2:0.
Ushbu uch ochko Strasburgga toʻrtinchi oʻringa koʻtarilish imkoniyatini berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













