Virts "Liverpul" muxlislarini xursand qildi


\"Liverpul\" yarim himoyachisi Florian Virts \"Manchester Siti\"ga 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyindan keyin Sky Sports telekanaliga intervyu berdi. Yozgi transfer oynasida Leverkuzenning \"Bayer\" klubidan 125 million yevroga sotib olingan nemis hujumkor yarim himoyachisi shu vaqtga qadar Angliya Premer-ligasida oʻtkazgan 11 uchrashuv davomida gol urmagan va golli uzatma amalga oshirmagan.
\"11 ta oʻyin oʻtkazdim va endi Premer-ligaga oʻrganib qoldim. Endi bu mavzuni muhokama qilishga hojat yoʻq, chunki nimani kutish kerakligini bilaman.
Bu yerga jamoaga yordam berish uchun kelganman, ammo bugungi oʻyinda bu ish bermadi\", – dedi Virts. Eslatib oʻtamiz, \"Liverpul\" joriy mavsumda Virtsni oʻz tarkibiga qoʻshib olgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













