Luka Pellegrini: "Magʻlubiyat adolatli boʻldi"


Rimning \"Latsio\" jamoasi A Seriyaning 11-turida safarda Milanning \"Inter\" klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rimliklar himoyachisi Luka Pellegrini ushbu magʻlubiyatni adolatli deb hisoblamoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, \"Inter\" Yevropaning uchta eng yaxshi klublaridan biri boʻlib, Italiyada esa eng kuchlisi hisoblanadi. \"Inter\" - Italiyadagi eng kuchli klub va Yevropadagi eng yaxshi uchlikka kiradi.
Oʻyinning dastlabki ikki daqiqasidayoq gol oʻtkazib yubordik. Bu magʻlubiyatdan kerakli xulosalarni chiqarishga harakat qilamiz\", - deya Pellegrinining soʻzlarini keltiradi fcinter1908.it.
Kelgusi turda \"Latsio\" oʻz maydonida \"Lechche\" klubini qabul qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













