Rashford La Liga assistlari yetakchisi bo'ldi

Rashford La Liga assistlari yetakchisi bo'ldi

Rashford La Liga assistlari yetakchisi bo'ldi
Barselona futbolchisi Markus Rashford joriy La Liga mavsumida eng yaxshi assistentlar ro\'yxatida birinchi o\'ringa chiqdi. Ingliz futbolchisi yakshanba kuni \"Selta\"ga qarshi o\'yinda ikkita golli pas berdi – ikkala vaziyatda ham 28 yoshli futbolchi Robert Levandovski uchun assistentlik qildi.

Endilikda Rashfordning hisobida Ispaniya chempionatidagi oltita golli pas bor, bu koʻrsatkich Luis Milya bilan teng. Ammo \"koʻk-anorranglilar\" vakili maydonda atigi 808 daqiqa oʻynagan bo\'lsa, \"Xetafe\" futbolchisi 1080 daqiqa oʻynagan.

\"Barselona\" Markus Rashfordni \"Manchester Yunayted\"dan ushbu mavsum oxirigacha ijaraga olgan. Kataloniya klubi va \"Selta\" oʻrtasidagi uchrashuv 4:2 hisobida \"Barselona\" foydasiga yakunlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.