Tottenxem Rodrigo uchun 80 mln yevro toʻlashga tayyor

Tottenxem Rodrigo uchun 80 mln yevro toʻlashga tayyor
Madridning "Real" klubi hujumchisi, braziliyalik Rodrigo Angliya Premer-ligasiga yoʻl olishi mumkin. Fichajes nashri xabariga koʻra, Londonning "Tottenxem" klubi 24 yoshli futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda.

Klub unga nisbatan "Real" tomonidan belgilangan 80 million yevro miqdoridagi transfer narxini toʻlashga tayyor. Xabi Alonsoning "Real" bosh murabbiyi lavozimiga kelganidan soʻng Rodrigo asosan zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushmoqda.

Aytishlaricha, braziliyalik futbolchi jahon chempionati oldidan oʻyin amaliyotini koʻpaytirish maqsadida klubini oʻzgartirishga qarshi emas. Joriy mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 13 ta oʻyinda qatnashib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.