Klyuev: "Murabbiyning soʻzlari notoʻgʻri talqin qilingan"

Klyuev: "Murabbiyning soʻzlari notoʻgʻri talqin qilingan"
Rossiyalik futbolchi Aleksandr Golovinning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Aleksandr Klyuev, "Monako"ning "Lans"ga qarshi o‘yindagi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi. Oʻyin yakunida "Monako" bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli Golovin gol ura olmagan vaziyat haqida fikr bildirgan edi.

Klyuevning ta'kidlashicha, Pokonyoli Golovinni mag‘lubiyatda ayblamagan. "Menimcha, bu gaplar kontekstdan yulib olingan.

Murabbiy shunchaki, agar Sasha oʻsha vaziyatni golga aylantirganida, oʻyin boshqa yoʻnalishda davom etishi mumkinligi haqida gapirgan", – dedi Klyuev "Match TV"ga bergan intervyusida. Shuningdek, Klyuev Golovinning oʻz yuqori formasiga qaytayotganini ta'kidladi.

Buni uning o‘yinlardagi harakatlaridan va "Nant" darvozasiga kiritgan ikki golidan ham koʻrish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.