Atalanta bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi

Atalanta bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi

Atalanta bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi
Atalanta futbol klubi xorvatiyalik murabbiy Ivan Yurich va uning yordamchilarini isteʼfoga chiqarganini rasman eʼlon qildi. Bu haqda klub o‘zining rasmiy axborot manbalarida maʼlum qildi.

50 yoshli mutaxassis 2025 yil iyun oyida mashhur murabbiy Jan Piero Gasperinini almashtirib, Atalanta boshqaruviga kelgandi. Yurich boshchiligida jamoa barcha musobaqalarda 15 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 4 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat va 8 ta durang qayd etdi.

Italiya chempionati doirasida esa jamoa 11 ta turdan so‘ng 13 ochko to‘plab, 13-o‘ringa tushib ketdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.