Ueyn Runi APLning eng yaxshi transferini eʼlon qildi

“Manchester Yunayted” va “Everton” klublarining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Angliya Premer-ligasining bu mavsumdagi eng yaxshi transferini eʼlon qildi. U shveysariyalik yarim himoyachi Granit Jakaning “Sanderlend”ga o‘tishini ushbu mavsumning eng muvaffaqiyatli transferi sifatida taʼkidladi.
"Jakaning Premer-ligaga qaytganidan keyin yuqori darajada o‘ynay olishiga shubhalar bor edi. Ayniqsa, u yaqindagina elit divizionga qaytgan jamoaga qo‘shildi.
Ammo hozir bemalol uni APLning bu mavsumdagi eng yaxshi transferi deb ayta olaman. Granit ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda", – dedi Runi "Goal" nashriga.
33 yoshli shveysariyalik futbolchi Leverkuzenning "Bayer" klubidan "Sanderlend"ga 15 million yevro evaziga transfer qilingan. Yarim himoyachi "Qora mushuklar" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Jakaning Premer-ligaga qaytganidan keyin yuqori darajada o‘ynay olishiga shubhalar bor edi. Ayniqsa, u yaqindagina elit divizionga qaytgan jamoaga qo‘shildi.
Ammo hozir bemalol uni APLning bu mavsumdagi eng yaxshi transferi deb ayta olaman. Granit ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda", – dedi Runi "Goal" nashriga.
33 yoshli shveysariyalik futbolchi Leverkuzenning "Bayer" klubidan "Sanderlend"ga 15 million yevro evaziga transfer qilingan. Yarim himoyachi "Qora mushuklar" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













