Dibala Romani tark etishni xohlamoqda

Dibala Romani tark etishni xohlamoqda

Dibala Romani tark etishni xohlamoqda
“Roma” jamoasi hujumchisi Paulo Dibala “Boka Xuniors” klubiga qoʻshilishni juda xohlashi haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda. Manbalarga koʻra, futbolchining Rim klubi bilan shartnomasini uzaytirish masalasi uning yuqori maoshi sabab katta savol ostida.

Dibalaning “Roma” bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi, shu sababli u Argentinaga qaytish va faoliyatini “Boka Xuniors”da davom ettirishga ochiq ekanini bildirgan. Dibala 2022-yildan beri “Roma” safida oʻynab kelmoqda.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda toʻqqizta oʻyin oʻtkazib, ikki gol urgan va bitta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, 31 yoshli argentinalik futbolchining transfer qiymati sakkiz million yevroga teng.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.