Mbappe «Real» uchun yangi himoyachini tanladi

Mbappe «Real» uchun yangi himoyachini tanladi
Madridning «Real» klubi yulduz hujumchisi Kilian Mbappe jamoaga yangi himoyachini tanladi. E-Noticies xabariga ko‘ra, fransuz futbolchi klub rahbariyatidan o‘z vatandoshi, «Liverpul» himoyachisi Ibrahima Konateni transfer qilishni so‘ragan.

Fransuz himoyachining transfer qiymati 55 million yevroga baholanmoqda, biroq «qirolichalar» uni bepul qo‘lga kiritishlari mumkin. Chunki Konate va «qizillar» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi.

26 yoshli himoyachi 2021 yilning yozida «Liverpul» safiga qo‘shilgan edi. Joriy Angliya chempionati mavsumida Konate 11 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita sariq kartochka olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.