Rafinyaning sogʻligi haqida yangi maʼlumotlar

Rafinyaning sogʻligi haqida yangi maʼlumotlar
Ispaniyadan olingan yangi xabarlarga koʻra, "Barselona" klubi qanot hujumchisi Rafinya sogʻayish jarayonining yakuniy bosqichiga yaqinlashmoqda. Mundo Deportivo nashri xabariga koʻra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi hozircha individual dastur asosida shugʻullanmoqda.

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning soʻzlariga koʻra, Rafinya 22-noyabr kuni "Atletik"ka qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin. Rafinya soʻnggi marta 25-sentyabrda jamoasi safida oʻynagan.

Shundan beri u Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida jami toʻqqizta oʻyinni oʻtkazib yubordi. 2025/2026-yilgi mavsumda Rafinya yetti oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikki bora golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.