Sterling talonchilik qurboni bo‘ldi

Sterling talonchilik qurboni bo‘ldi
“Chelsi” hujumchisi Rahim Sterling talonchilik qurboni bo‘ldi. The Guardian xabariga ko‘ra, mazkur voqea shanba kuni yuz bergan.

Niqob kiygan noma’lum shaxslar Sterlingning uyiga bostirib kirishga uringan. Voqea sodir bo‘lganida Sterling va uning oilasi uyda bo‘lgan, lekin baxtga ko‘ra, ular jarohatlanmagan.

Sterlingning vakili ushbu talonchilik haqida ma’lumotni tasdiqlab, futbolchining oilasi salomatligini ma’lum qilgan. Shuningdek, u Sterlingning shaxsiy hayotiga hurmat bilan yondashishni so‘ragan.

“Chelsi” klubi Sterlingga har tomonlama yordam koʻrsatayotganini bildirdi, voqea yuzasidan politsiya tergovni boshladi. Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-yilgi mavsumda Rahim Sterling hali maydonga tushgani yo‘q, chunki bosh murabbiy Enso Mareska 30 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.