Real Madriddan braziliyalik futbolchi ketmoqda

Real Madriddan braziliyalik futbolchi ketmoqda
Tez orada "Real Madrid" tarkibini braziliyalik hujumchi Endrik tark etadi. Yosh futbolchi oʻyin amaliyotiga muhtoj boʻlgani sababli, u olti oylik ijara asosida "Lion" klubiga yoʻl oladi.

Globo Esporte xabariga koʻra, "Real" va "Lion" klublari kelishuv ustida ish olib bormoqda. Zaruriy hujjatlar 2025-yil oxirida imzolanishi kutilmoqda.

19 yoshli futbolchining atrofidagilar esa uning Fransiyada yashashi masalasini hal qilish bilan shugʻullanmoqda. Endrik 2025/2026-yilgi mavsumda faqat bir marta maydonga tushdi.

Bu yaqinda boʻlib oʻtgan La Liga doirasidagi "Valensiya"ga qarshi oʻyinda sodir boʻldi. Endrik oʻyinning soʻnggida zaxiradan maydonga tushgan edi, oʻsha vaqtda "qaymoqranglilar" 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

Uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi. Transfermarkt portali Endrikni 35 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.