Manchester Yunayted hujumchini sotmoqchi

Manchester Yunayted hujumchini sotmoqchi

Manchester Yunayted hujumchini sotmoqchi
Manchester Yunayted klubi hujumchisi Joshua Zirkzee transferga qoʻyilgan asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Gollandiyalik futbolchi 2024 yilning yozida Bolonya klubidan qariyb 43 million yevro evaziga \"qizil iblislar\" safini toʻldirgan edi, biroq Angliyada kutilgan natijalarni bera olmadi.

Jurnalist Mark Ogdenning xabariga koʻra, Zirkzeening tez orada sotilishi ehtimoli katta. Manchester Yunayted rahbariyati hujumchini Italiyaga xuddi shunday narxda qaytarish mumkinligiga ishonmoqda.

Mish-mishlarga koʻra, 24 yoshli futbolchini Rimning Roma klubi sotib olishga tayyor. Shuningdek, Milan ham Zirkzeega qiziqish bildirgan.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.