Bavariya Noyer bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Bavariya Noyer bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi rahbariyati darvozabon Manuel Noyer bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Bu haqda Bild portali xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Transfermarkt portali tomonidan 4 million yevroga baholangan Noyer jamoada yana bir mavsum qolishi mumkin. Darvozabon hali yakuniy qarorini qabul qilmagan va bu qarorni sogʻligʻi holatidan kelib chiqib qabul qiladi.

Noyer 2011-yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 575 ta oʻyinda maydonga tushib, 469 ta gol oʻtkazib yuborgan (joriy mavsumda 14 ta oʻyin va 10 ta gol oʻtkazilgan).

"Bavariya" jamoasi Bundesligada 28 ochko bilan birinchi oʻrinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.