Jon Terri Angliya futboli afsonasini aytdi

Jon Terri Angliya futboli afsonasini aytdi
“Chelsi” klubining sobiq himoyachisi Jon Terri Premer-liga tarixidagi eng buyuk ingliz futbolchisi sifatida kimni ko'rishini ma'lum qildi. Terrining tanlovi “Manchester Yunayted” va “Everton” klublarida o'ynagan Ueyn Runiga tushdi.

“Menimcha, Runi Premer-ligada o'ynagan eng buyuk ingliz futbolchisi. U ajoyib, lekin uni yetarlicha qadrlashmaydi.

U juda ko'p hayratlanarli ishlarni amalga oshirgan,” – deydi Terri, UtdDistrict saytiga bergan intervyusida. Ueyn Runi Angliya premer-ligasida 491 ta o‘yinda maydonga tushib, 208 ta gol urgan.

U besh karra Premer-liga chempioniga aylangan va professional faoliyatini 2002-yilda boshlagan. Runi 2021-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.