Bavariyada oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Bavariyada oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Myunxenning "Bavariya" klubi matbuot xizmati rasmiy saytida eʼlon qilishicha, markaziy hujumchi Garri Keyn oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Angliyalik futbolchi ushbu mukofotga ketma-ket ikkinchi marta sazovor boʻldi.

Muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra, Keyn 24 foiz ovoz toʻplab, markaziy yarim himoyachi Lennart Karl (20,6%) va yarim himoyachi Konrad Laymerni (19,4%) ortda qoldirdi. Joriy mavsumda 32 yoshli Garri Keyn barcha turnirlar doirasida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Germaniya chempionatining 10-turidan soʻng, "Bavariya" 28 ochko bilan musobaqa jadvalida birinchi oʻrinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.