Laporta Yamal yuzasidan tanqidlarga javob berdi

Laporta Yamal yuzasidan tanqidlarga javob berdi
Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasidan chanoq sohasidagi muammo tufayli davolanish zaruriyati sabab chiqarib yuborilgan edi. Federatsiya va terma jamoa vakillari "Barselona" klubini Yamalning davolanishi haqida o'z vaqtida xabar bermaganlikda ayblashdi.

Kataloniya klubining prezidenti Joan Laporta ushbu tanqidlarga munosabat bildirdi. "Biz federatsiyaga Yamalni ko'rikdan o'tkazgan shifokorning xulosasini olganimizdan so'ng darhol xabar berdik.

Bizning shifokorlarimiz bu maʼlumotni federatsiya shifokorlariga zudlik bilan yetkazishdi – aynan shunday bo'lgan. Biz hech qanday bahs-munozaralarni xohlamaymiz.

Mutaxassis dushanba kuni kelib, tashxis qoʻydi va davolanishni belgiladi – hammasi shu tartibda oʻtdi. "Barselona" Yamalning eng yaxshi sport holatida boʻlishini istaydi.

Bu davolanish terma jamoa oʻyinlariga toʻgʻri kelib qoldi, ammo jamoa saralashda baribir ishonchli harakat qilmoqda", – dedi Laporta Catalunya Radioʼga bergan intervyusida. "Barselona" La Liga turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.