Barselona Garri Keynni sotib olishi mumkin

Barselona Garri Keynni sotib olishi mumkin
Kelasi yozda "Barselona"dan Robert Levandovski ketishi mumkin. The Guardian nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Levandovskining o‘rnini to‘ldirish uchun "Bavariya" hujumchisi Garri Keynni asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" ingliz futbolchisini polyak hujumchisining ideal o‘rinbosari deb hisoblashmoqda. Manbalarga ko‘ra, "Barselona" yozda Keynning shartnomasidagi 65 million yevro miqdoridagi sotib olish opsiyasini faollashtirishga tayyor bo‘lishi mumkin.

2025/2026 yilgi mavsumda Garri Keyn 17 ta o‘yinda qatnashib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Myunxenda 32 yoshli Keynning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar davom etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.