Paolo Vanoli: Gʻalaba uchun kichik qadamlar muhim

Paolo Vanoli: Gʻalaba uchun kichik qadamlar muhim
“Fiorentina” bosh murabbiyi Paolo Vanoli jamoa futbolchilarining psixologiyasini bosqichma-bosqich oʻzgartirishga harakat qilayotganini taʼkidladi. Uning fikricha, maqsadlarga kichik qadamlar bilan erishish — gʻoliblar uslubidir.

“Kelajak uchun kichik maqsadlar belgilaylik. Futbolchilarga shunday dedim: “Yigitlar, bizda oʻsish uchun imkoniyat bor”.

Bu bilan kurashish kerak. Bu qoʻrquv emas, balki gʻoliblarning yondashuvi”, — deydi Vanoli va bu fikrlarini “Fiorentina” matbuot xizmati orqali bayon etdi.

Shuningdek, u “Jenoa”ga qarshi oʻyinda jamoa oʻyinida ijobiy oʻzgarishlarni sezganini, ammo oldinda ulkan ishlar turganini qayd etdi. Avvalroq Vanoli “Fiorentina”ni boshqarishga kelish qarorini izohlab, oʻz faoliyatida yangi chaqiriqlarni qabul qilishga odatlanganini bildirgandi.

Maʼlumki, jamoa A Seriya turnir jadvalida soʻnggi, 20-oʻrinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.