Luis de la Fuente Yamalning so'zlariga javob berdi

Luis de la Fuente Yamalning so'zlariga javob berdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" vingeri Lamin Yamalning Madridning "Real" klubi haqidagi bahsli bayonotlariga munosabat bildirdi. Oktabr oyidagi "El-Klasiko" o‘yini arafasida 18 yoshli futbolchi "Real"ni firibgarlik va doimiy shikoyatlar qilishda ayblagan edi.

"Men uchun hurmat tushunchasi muhokama qilinmaydi. So‘zlar bilan ehtiyot bo‘lish kerak, chunki ba'zan ularni kontekstdan chiqarib yuborish mumkin.

Biror kishini ranjitish juda oson, lekin bu har doim hurmatsizlikni anglatmaydi. Ishonchim komilki, Laminning yomon niyati yo‘q edi, u hech kimni haqorat qilishni xohlamagan", – dedi de la Fuente matbuot anjumanida.

Lamin Yamal sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli Ispaniya terma jamoasining noyabr yig‘inini o‘tkazib yuboradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.