Ronaldu: Muvaffaqiyatimning siri – aql

Ronaldu: Muvaffaqiyatimning siri – aql
Portugaliya terma jamoasi va "Al-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futboldagi muvaffaqiyatining sirini oshkor qildi. 40 yoshli tajribali futbolchi, yoshi katta bo'lishiga qaramay, hali ham klub va terma jamoasi uchun muhim o'yinchi bo'lib qolmoqda.

"Futbolda eng murakkab narsa – gol urish. Men o'zimni yetarlicha aqlli deb hisoblayman, shuning uchun jismoniy va ruhiy holatim, shuningdek, o'ynagan klublarim va ligalarimni hisobga olib o'zgarishlarga moslasha oldim.

Aqlli futbolchi – bu moslashishni biladigan futbolchi. Futbol bir necha yil oldingi yoki hatto o'tgan yilgi kabi emas.

Siz ham o'zgarishingiz kerak. Bir narsani yo'qotasiz, boshqasini esa qo'lga kiritasiz.

Men uchun asosiy narsa – bu aqldir", – dedi Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Irlandiya bilan o'yini oldidan. Fevral oyida Krishtianu Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.