Pedri maydonga kutilgandan ertaroq qaytishi mumkin

Pedri maydonga kutilgandan ertaroq qaytishi mumkin
“Barselona” yarim himoyachisi Pedri maydonga kutilgandan avvalroq qaytishi mumkin. Avvaliga futbolchining jarohati sababli dekabr o‘rtalarigacha safdan chiqqani taxmin qilingan edi.

Biroq taniqli jurnalist Xavi Migelning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Pedrining qaytishi ikki hafta erta yuz berishi ehtimoldan xoli emas. Hatto 22 yoshli yarim himoyachi 22 noyabr kuni “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi ham mumkin.

Shunga qaramay, “Barselona” murabbiylar shtabi ehtiyotkorlikni saqlab qolmoqda. Ular Rafinya bilan yuz bergan holat – futbolchining mashg‘ulotlarga qaytgach jarohatini yanada og‘irlashtirgan vaziyat takrorlanishini istashmaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.