Peru darvozaboni Rossiya yetakchisini maqtadi

Peru darvozaboni Rossiya yetakchisini maqtadi
Kecha BetBoom do'stlik uchrashuvida Rossiya terma jamoasi o'z maydonida Peruga qarshi o'ynab, 1:1 hisobida durangga erishdi. Mehmonlar darvozaboni Pedro Galese Rossiya terma jamoasining bir futbolchisini alohida e'tirof etdi.

“Rossiya terma jamoasi sardori menga juda yoqdi. Golovin.

U juda intiluvchan edi, hujumda yaxshi o'ynadi. U Rossiya safida eng yaxshisi edi”, – dedi darvozabon Metaratings.ru bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuvda Aleksandr Golovin gol urishga muvaffaq bo'ldi. Rossiya terma jamoasining navbatdagi do'stlik uchrashuvi 15-noyabr kuni Sochidagi stadionda Chili terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

O'yin Moskva vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.