Fabio Kapello Milan derbisini tahlil qildi

Fabio Kapello Milan derbisini tahlil qildi

Fabio Kapello Milan derbisini tahlil qildi
Kelasi haftaning oxirida, milliy jamoalar oʻyinlari tugagach, Italiya yana bir Milan derbisi muhitiga shoʻngʻiydi. A Seriyasida birinchi oʻrinni egallab turgan \"Inter\" uchinchi oʻrinda borayotgan \"Milan\" bilan toʻqnash keladi.

\"Rossonerilar\"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello ushbu oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirdi. \"Pulisichni koʻryapman, u jamoa liniyalarini bogʻlab turadi.

\"Inter\" qanotlardan hujum qiladi, \"Milan\" esa koʻproq markaz orqali oʻynaydi. Himoyada \"Milan\" zonal uslubda oʻynasa, \"Inter\" shaxsiy pressingga koʻproq eʼtibor qaratadi\", - dedi Kapello pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Kapello 90-yillarda \"Milan\"ni boshqargan. Shuningdek, u Rossiya terma jamoasi murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.