Portugaliya murabbiyi Ronaldu qizil kartochkasini izohladi

Portugaliya murabbiyi Ronaldu qizil kartochkasini izohladi
Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu Irlandiyaga qarshi o‘yinda olgan qizil kartochkasiga munosabat bildirdi. 40 yoshli hujumchi o‘yinning 61-daqiqasida maydondan chetlatildi.

O‘shanda Irlandiya jamoasi 2:0 hisobida oldinda edi va qolgan vaqt davomida hisob o‘zgarmadi. "Ronaldu maydondan chetlatilishining sababi uning g‘ayrati edi.

U juda xafa bo‘ldi, chunki jamoasi mag‘lubiyatga uchrayotgan edi. Biz hamma o‘yinchilardan shunday ruhni kutamiz.

Ronaldu 60 daqiqa davomida himoyachilar tomonidan ushlab turildi va itarildi, bu esa oson emas. U 40 yoshida ham birinchi o‘yinidayoq shunday g‘ayrat bilan o‘ynayapti", – dedi Martines matbuot anjumanida.

Bu qizil kartochka Ronaldu faoliyatida Portugaliya milliy jamoasi safidagi ilk chetlatilish bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.