Nevin: "Chelsi" uchun qiyin qish kutmoqda

Nevin: "Chelsi" uchun qiyin qish kutmoqda
Londonning "Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Pet Nevin jamoaning joriy Angliya chempionatidagi natijalari haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, "Chelsi"ning barqaror oʻyin koʻrsata olmasligiga asosiy sabab yozda boʻlib oʻtgan klub jahon chempionatida ishtirok etgani boʻlgan.

"Gap mahoratning yetishmasligida emas, balki yozgi tanaffusning yoʻqligida. Natijada jamoada koʻproq jarohatlar boʻladi.

Dekabr, yanvar va fevral oylari "Chelsi" uchun eng ogʻir boʻlishini kutyapman", — deydi Nevin CasinoHawks bilan suhbatda. APLning 11-turidan keyin Enso Mareskaga qoʻl ostidagi "Chelsi" 20 ochko bilan uchinchi oʻrinda bormoqda.

Londonliklardan yuqorida faqat "Manchester Siti" va "Arsenal" joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.