Timo Verner MLSda Messi bilan bir ligaga o'tishi mumkin

Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi vingeri Timo Verner qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, 29 yoshli futbolchining qishda klubdan ketishi ehtimoli ortib bormoqda. Yanvar oyida Verner, katta o'zgarishlar yuz bermasa, Amerika MLS ligasining bir klubiga yo'l olishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Verner Germaniya chempionatida faqat bir o'yinda maydonga tushib, atigi bir daqiqa o'ynadi. "RB Leyptsig" bilan hujumchining amaldagi shartnomasi kelgusi yozga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million yevroga baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbalarga ko'ra, 29 yoshli futbolchining qishda klubdan ketishi ehtimoli ortib bormoqda. Yanvar oyida Verner, katta o'zgarishlar yuz bermasa, Amerika MLS ligasining bir klubiga yo'l olishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Verner Germaniya chempionatida faqat bir o'yinda maydonga tushib, atigi bir daqiqa o'ynadi. "RB Leyptsig" bilan hujumchining amaldagi shartnomasi kelgusi yozga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million yevroga baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













