APL klublari Yildiz transferi uchun harakatda

Yuventus klubi hujumchisi Kenan Yildizga Angliya Premer-ligasining yirik klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. 20 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib borayotgan "Keksa sinyora" rahbariyati hanuz kelishuvga erisha olmayapti.
Bu vaziyatni boshqa yevropalik top klublar ham diqqat bilan kuzatib, yosh yulduzni o'z safiga qo'shib olishga tayyor turishmoqda. Insayder Fabrisio Romano xabariga ko'ra, APL grandlari turk futbolchisi transferini amalga oshirish imkoniyatlarini sinchkovlik bilan o'rganishni boshlagan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Yildizning narxi 75 million yevroga baholanmoqda. "Yuventus" esa futbolchining maosh talablarini qondira olmayotgan bir paytda, APL klublari unga moliyaviy jihatdan qulay shartlarni taklif qilishga qodir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu vaziyatni boshqa yevropalik top klublar ham diqqat bilan kuzatib, yosh yulduzni o'z safiga qo'shib olishga tayyor turishmoqda. Insayder Fabrisio Romano xabariga ko'ra, APL grandlari turk futbolchisi transferini amalga oshirish imkoniyatlarini sinchkovlik bilan o'rganishni boshlagan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Yildizning narxi 75 million yevroga baholanmoqda. "Yuventus" esa futbolchining maosh talablarini qondira olmayotgan bir paytda, APL klublari unga moliyaviy jihatdan qulay shartlarni taklif qilishga qodir.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













