Van Deyk: Niderlandiya mundialga tayyor

Niderlandiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga chiqish yoʻlida muhim qadam tashladi. Polsha bilan kechgan uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang "apelsinlar"ga deyarli mundial yoʻllanmasini taʼminladi.
Uchrashuvning 47-daqiqasida Memfis Depay tomonidan kiritilgan gol hisobga muhim ochko olib keldi. Rasmiy ravishda yoʻllanma hali qoʻlga kiritilmagan boʻlsa-da, vaziyat deyarli aniq: Ronald Kuman boshchiligidagi jamoa soʻnggi tur oldidan Polshadan uch ochkoga oldinda va toʻplar farqi boʻyicha sezilarli ustunlikka ega (+19 ga +6).
"Dushanba kuni rasmiy ravishda Jahon chempionatiga chiqishga tayyormiz. Umid qilamanki, muxlislar bizni qoʻllab-quvvatlash uchun stadionga kelishadi va birgalikda bu muvaffaqiyatni nishonlaymiz", – dedi Niderlandiya terma jamoasi sardori Virgil van Deyk The Touchline nashriga.
Saralashning soʻnggi turida Niderlandiya oʻz maydonida Litvani qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uchrashuvning 47-daqiqasida Memfis Depay tomonidan kiritilgan gol hisobga muhim ochko olib keldi. Rasmiy ravishda yoʻllanma hali qoʻlga kiritilmagan boʻlsa-da, vaziyat deyarli aniq: Ronald Kuman boshchiligidagi jamoa soʻnggi tur oldidan Polshadan uch ochkoga oldinda va toʻplar farqi boʻyicha sezilarli ustunlikka ega (+19 ga +6).
"Dushanba kuni rasmiy ravishda Jahon chempionatiga chiqishga tayyormiz. Umid qilamanki, muxlislar bizni qoʻllab-quvvatlash uchun stadionga kelishadi va birgalikda bu muvaffaqiyatni nishonlaymiz", – dedi Niderlandiya terma jamoasi sardori Virgil van Deyk The Touchline nashriga.
Saralashning soʻnggi turida Niderlandiya oʻz maydonida Litvani qabul qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













