Erling Holand: "Italiyani yoqtiraman, hech qachon dema"

Manchester Siti hujumchisi Erling Holand Italiyada faoliyatini davom ettirishi mumkinligini inkor etmadi. Futbolchi ushbu mamlakatda oʻtkazgan oʻyinlaridan yaxshi xotiralar qolganini va Italiyaning futbol muhitini yoqtirishini taʼkidladi.
Holand ayni paytda butun eʼtiborini Manchester Siti jamoasiga qaratganini aytib oʻtdi, biroq futbol olamida kelajakda qanday qarorlar qabul qilishga toʻgʻri kelishini oldindan aytib boʻlmasligini qoʻshimcha qildi. "Menga bu mamlakat yoqadi.
Kelajakda nima boʻlishini hech kim bilmaydi. Hozirda men yaxshi joydaman, lekin hech qachon 'hech qachon' demang", - dedi Holand "Football Italia" nashriga bergan intervyusida.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Holand 11 oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Uning Manchester Siti bilan shartnomasi 2034 yil yozigacha amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Holand ayni paytda butun eʼtiborini Manchester Siti jamoasiga qaratganini aytib oʻtdi, biroq futbol olamida kelajakda qanday qarorlar qabul qilishga toʻgʻri kelishini oldindan aytib boʻlmasligini qoʻshimcha qildi. "Menga bu mamlakat yoqadi.
Kelajakda nima boʻlishini hech kim bilmaydi. Hozirda men yaxshi joydaman, lekin hech qachon 'hech qachon' demang", - dedi Holand "Football Italia" nashriga bergan intervyusida.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Holand 11 oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Uning Manchester Siti bilan shartnomasi 2034 yil yozigacha amal qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













