Konate Sherkini yuqori baholadi

Konate Sherkini yuqori baholadi
“Liverpul” himoyachisi Ibraima Konate Fransiya terma jamoasidagi jamoadoshi Rayan Sherki haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Lion"dan "Manchester Siti"ga o'tgan Sherki iyun oyida Fransiya milliy terma jamoasi safida o'z debyutini o'tkazgan edi.

"Men Sherkida "Manchester Siti"dagi o'yini bilan terma jamoadagi o'yini o'rtasida hech qanday farq ko'rmayapman. U juda yorqin futbolchi, eski maktab vakili, tomoshabinlarni zavqlantirishni yaxshi ko'radi.

Uning har ikki oyog'i bilan o'ynash mahorati ajoyib. Rayan ko'plab jihatlarda o'sish qilgan – endi hammasi o'ziga bog'liq.

Agar u astoydil mehnat qilsa, futbol olamida ulkan yutuqlarga erishishi mumkin", – dedi Konate Le Parisien nashriga bergan intervyusida. Yakshanba kuni Fransiya terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining so'nggi turida Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.