Ferran Torres: "Morataning roziligisiz raqamni ololmasdim"

Ferran Torres: "Morataning roziligisiz raqamni ololmasdim"

Ferran Torres: "Morataning roziligisiz raqamni ololmasdim"
Barselona hujumchisi Ferran Torres Ispaniya terma jamoasida Alvaro Moratadan keyin 7-raqamga ega boʻldi. 33 yoshli \"Komо\" hujumchisi noyabr oyidagi oʻyinlar uchun Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmagan, uning raqami Torresga berildi.

Torres oʻz intervyusida shunday dedi: \"Yelkamda 7-raqamni koʻtarish men uchun faxr. Bu raqam David Vilya, Raul, Morata kabi afsonalar tomonidan ishlatilgan.

Bu masʼuliyatni oqlashga harakat qilaman. Morata men uchun juda muhim inson, u terma jamoada menga koʻp yordam bergan.

Albatta, men 7-raqamni olmoqchi boʻlganimda, avval unga murojaat qildim. U bunga qarshi emasligini aytdi va raqamni men olishimdan xursand boʻldi.\" Shanba kuni Ispaniya Gruziyani 4:0 hisobida magʻlub etdi.

Ushbu oʻyinda Ferran Torres bir gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.