Nigeriya Gabonni magʻlub etib, 120 ming dollar oldi

Nigeriya Gabonni magʻlub etib, 120 ming dollar oldi
Nigeriya terma jamoasi pley-offning birinchi uchrashuvida Gabonni biroz qiyinchilik bilan magʻlub etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, biroq qoʻshimcha boʻlimlarda "super burgutlar" oʻyinni kuchaytirib, raqib darvozasiga yana uchta gol urdi.

Endi ular Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu orada Gabonga qarshi oʻyindagi gʻalaba uchun futbolchilarga moliyaviy mukofot topshirildi.

Uchrashuvdan soʻng darhol kiyinish xonasiga kelgan Nigeriya futbol federatsiyasi vakili jamoaga 120 ming dollar taqdim etdi. "Har bir gol uchun 30 mingdan berildi", - dedi u.

2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida oʻtkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.