Nyukasl Manchester Siti darvozabonini sotib olmoqchi

Nyukasl Manchester Siti darvozabonini sotib olmoqchi
Manchester Siti darvozaboni Jeyms Trafford Angliya Premer-ligasining boshqa bir klubi – Nyukasl nishoniga tushdi. 23 yoshli futbolchi Gianluiji Donnarumma jamoaga kelganidan soʻng asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi.

Trafford zaxira darvozaboni boʻlishdan norozi ekanini bildirgan va matbuotda uning Manchester Sitidan ketishi haqida gap-soʻzlar kuchaygan. TEAMtalk xabariga koʻra, darvozabonni Nyukasl sotib olishni rejalashtirmoqda va bu kelishuv qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

"Sorbalar" Traffordni oʻtgan yozda, u hali Byornli safida oʻynayotganida, oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qilgan, biroq futbolchi oʻzining Manchester Siti tarkibiga qaytishni tanlagan edi. Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevro.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.