Barselona Levandovskiga yangi shartnoma taklif qilmayapti

Barselona Levandovskiga yangi shartnoma taklif qilmayapti
Barselona rahbariyati hujumchi Robert Levandovskiyning kelajagi borasida hali yakuniy qaror qabul qilgani yoʻq. Amaldagi shartnoma joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

Marca nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar polshalik futbolchi bilan yangi kelishuv boʻyicha muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti. Klub rahbariyati 37 yoshli futbolchining mavsum davomida koʻrsatadigan oʻyin darajasini kuzatmoqchi.

Boshqa jamoalar ham Levandovskiyning holatiga qiziqish bildirayotganini kuzatishmoqda. Levandovskiy joriy mavsumda Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa safida 12 oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.

Bungacha futbolchiga Milan, Fenerbaxche va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.