Llorente Interning kuchini baholadi

Llorente Interning kuchini baholadi
Madridning "Atletiko" klubi futbolchisi Markos Llorente Chempionlar ligasi doirasida Milanning "Inter" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 26-noyabr kuni "matraschilar" maydonida bo'lib o'tadi.

"Inter" - yaxshi jamoa, ular tarkibida yuqori darajadagi futbolchilar yetarli. Ularning o'ziga xos o'yin uslubi bor va bu murabbiy almashganidan keyin ham o'zgarmadi.

"Inter" Chempionlar ligasida barcha to'rtta uchrashuvda g'alaba qozongan, shuning uchun bizni juda qiziqarli o'yin kutmoqda", - deydi Llorentenin so'zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirgan. Diego Simeone boshchiligidagi jamoa guruh bosqichi turnir jadvalida to'rt turdan keyin oltita ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.

"Inter" esa 12 ochko bilan uchinchi o'rinda joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.