Barselonada Balde va Kunde oʻyinidan xavotirda

Barselonada Balde va Kunde oʻyinidan xavotirda

Barselonada Balde va Kunde oʻyinidan xavotirda
Barselona himoyachilari Alejandro Balde va Jyul Kunde oʻyinlari mavsum davomida savollarni keltirib chiqarmoqda. Mundo Deportivo xabariga koʻra, klubda 22 yoshli ispan va 27 yoshli fransuz futbolchilarining joriy mavsumdagi oʻyin darajasidan norozi boʻlishmoqda.

Oʻtgan mavsum bilan solishtirganda, ular ancha barqarorroq oʻyin koʻrsatgan edi. \"Koʻk-anorranglilar\" muammoni hal qilish yoʻlini izlamoqda.

Balde oʻyinidagi pasayish chap qanot himoyasida yetarli raqobat boʻlmasligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Shuningdek, 2026-yilda \"Barselona\" oʻz tarbiyalanuvchisi, hozirda \"Bayer\" safida oʻynayotgan Alejandro Grimaldoni qaytarishga harakat qilishi mumkin.

Uni 15-20 million yevro evaziga sotib olish ehtimoli bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.