Real himoyachisi jiddiy jarohatdan qutuldi

Real himoyachisi jiddiy jarohatdan qutuldi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Din Xoysen jiddiy jarohatdan qutulib, Ispaniya terma jamoasining yigʻinini tark etishga majbur boʻldi. Avvalroq, futbolchi Turkiyaga qarshi JCh saralash bahsini va Gruziya bilan oʻyinni (4:0) mushak muammolari tufayli oʻtkazib yuborishi haqida xabar berilgan edi.

As nashrining maʼlumotlariga koʻra, tibbiy koʻrik Xoysenda hech qanday jiddiy jarohat aniqlamagan. Manbalarning taʼkidlashicha, uning noqulayligi oddiy charchoq tufayli yuzaga kelgan, shundan soʻng futbolchini xavfsizlik maqsadida terma jamoadan qoʻyib yuborishgan.

Himoyachining yaqin kunlarda "Real" jamoasidagi mashgʻulotlarga qaytishi va yakshanba kuni "Elche"ga qarshi oʻyinda maydonga tushishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.