Edin Terzich: Italiyadan takliflar bo'lgan

Edin Terzich: Italiyadan takliflar bo'lgan
Bosniyalik murabbiy Edin Terzich 2024 yil yozida kutilmaganda Dortmundning "Borussiya" jamoasidan ajraldi va hozircha ish joyisiz qolmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, unga Italiyaning bir qancha klublaridan takliflar bo'lgan, ammo u aniq nomlarni oshkor qilishni istamagan.

"Men o'zimga va kasbdoshlarimga hurmat bilan munosabatda bo'lishni juda muhim omil deb bilaman. Shuning uchun aniq nomlarni aytmayman, ammo Italiyadan men bilan qiziqish bo'lgan", - deya Terzichning so'zlarini La Gazzetta Dello Sport nashri keltiradi.

Ehtimol, ushbu klublardan biri 2024 yil Stefano Pioli bilan xayrlashgan "Milan" bo'lishi mumkin edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.