Levandovski qishda "Milan"ga o'tmaydi

Levandovski qishda "Milan"ga o'tmaydi
Italiyada Robert Levandovskining A Seriyaga o'tish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Polshalik hujumchining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi yakunlanishga yaqin va uni uzaytirish ehtimoli kam.

Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, Levandovskining qishda transfer qilinishi ikki sababga ko'ra imkonsiz bo'lib ko'rinadi. Birinchidan, agar "Barselona"ga transfer uchun to'lov amalga oshirilishi kerak bo'lsa, Levandovski "Milan" uchun juda qimmatga tushishi mumkin.

Ikkinchidan, o'yinchi o'zi maoshini qisqartirishni istamaydi va mavsumni "Barselona" safida yakunlashni afzal ko'rmoqda (balki jamoa bilan Yevropa Chempionlar Ligasi unvonini qo'lga kiritish ehtimoli ham mavjud, garchi bu hozircha aniq emas).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.